Kimyo fanidan «Mahorat maktabi» mashg’ulotlari davom etmoqda

2017 yili  28-martda Olmazor tumani 28-umumta’lim maktabida Kimyo fanidan «Mahorat maktabi»ning seminarning         2- mashg’uloti  bo’lib o’tdi. Shu kuni maktabimizga Olmazor tumanining kimyo fani o’qituvchilari qatnashdilar.

Seminarda tuman kimyo fani o’qituvchilari Xamrayeva Dilafruz, Yo’ldasheva marg’uba va Shokirova Lobarlar mashg’ulotlar o’tkazdilar. 20170314_094506

«Mahorat maktabi»da 249-maktabning kimyo fani o’qituvchisi Xamrayeva Dilafruz «Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar, kimyoviy moddalar, jihozlar bilan ishlash va ularni saqlash» mavzusida qiziqarli mashg’ulot o’tkazdi.

Kimyo fani bo’yicha «Mahorat maktabi»

    2017 yili  14-martda Olmazor tumani 28-umumta’lim maktabida Kimyo fanidan «Mahorat maktabi»ning seminar mashg’uloti  bo’lib o’tdi. Shu kuni maktabimizga Olmazor tumanining kimyo fani o’qituvchilari qatnashdilar.

20170314_094401

   «Mahorat maktabi»da 28-maktabning kimyo fani o’qituvchisi Mirzayeva Aziza «Umumta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitish mazmunidagi o‘zgarishlar.Tayanch va kimyo faniga oid umumiy kompetensiyalar» mavzusida mashg’ulot o’tkazdi.20170314_093653

Elektron darsliklar

OTB loyihasi doirasida 2010 yilda umumiy o’rtа tа`lim mаktаblаri

uchun yarаtilgаn elеktrоn dаrsliklаr

6-sinf Biologiya fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
6-sinf Fizika fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
6-sinf Qoraqalpoq tili (tа`lim qoraqalpoq tilidаgi mаktаblаr uchun)

7-sinf Qoraqalpoq tili (tа`lim qoraqalpoq tilidаgi mаktаblаr uchun)
7-sinf Biologiya fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
7-sinf Fizika fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
7-sinf Kimyo fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)

8-sinf O’zbеk tili (tа`lim rus vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
8-sinf Qoraqalpoq tili (tа`lim qoraqalpoq tilidаgi mаktаblаr uchun)
8-sinf Biologiya fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
8-sinf Fizika fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
8-sinf Kimyo fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)

9-sinf Qoraqalpoq tili (tа`lim qoraqalpoq tilidаgi mаktаblаr uchun)
9-sinf Biologiya fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
9-sinf Fizika fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)
9-sinf Kimyo fanidan laboratoriya ishlari (tа`lim o’zbеk vа qаrdоsh tillаrdаgi mаktаblаr uchun)

 

O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi

O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.

O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i

O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.

2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

O’zbekiston Respublikasining Madhiyasi

O’zbekiston Respublikasining Madhiyasi

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida»gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

MUSIQASINI KO’CHIRIB OLISH

MATNINI K’OCHIRIB OLISH

 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


KO’CHIRIB OLISH

Darsliklar

1-Sinf

Alifbo, Atrofimizdagi olam, Jismoniy tarbiya, Matematika, Matematika daftari, Musiqa, Odobnoma, Ona tili, O’qish kitobi, Tasviriy san’at, Yozuv daftari.

2-Sinf

Atrofimizdagi olam, Odobnoma, O’qish kitobi, Matematika, Musiqa, Ona tili, Tasviriy san’at

3-Sinf

Matematika, Ona tili, O’qish kitobi, Tabiatshunoslik, Musiqa, Odobnoma, Rus tili, Tasviriy san’at

4-Sinf

Tabiatshunoslik, Matematika, Jismoniy tarbiya, Ona tili, Musiqa, Rus tili, Odobnoma, O’qish kitobi, Tasvitiy san’at

 

Fizikadan laboratoriya ishlari

Fizika

6-sinf

1- Laboratoriya ishi: Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish.

2- Laboratoriya ishi: Shayinli tarozida jism massasini aniqlash.

3- Laboratoriya ishi: Kattiq jismning zichligini aniqlash (1-qism) (2-qism)

4- Laboratoriya ishi: Dinamometr yordamida kuchlarni o‘lchash

5- Laboratoriya ishi: Qiya tekislikning FIK aniqlash.

6- Laboratoriya ishi: Termometr yordamida havo va suyuqlik temperaturasini o‘lchash.

7- Laboratoriya ishi: Yassi ko‘zgu yordamida yorug‘likning qaytishini o‘rganish.

8- Laboratoriya ishi: Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish.

7-sinf

1- Laboratoriya ishi: Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash.

video flash

2- Laboratoriya ishi: Prujinaning bikirligini aniqlash.

video flash

3- Laboratoriya ishi: Sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash.

video flash

4- Laboratoriya ishi: Mexanik energiyaning aylanish va saqlanish qonunini o‘rganish.

video flash

5- Laboratoriya ishi: Matematik mayatnikning tebranish davri va chastotasini aniqlash.

video flash

8-sinf

1- Laboratoriya ishi: Elektr zanjirini yig‘ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash.

2- Laboratoriya ishi: Tok kuchini reostat yordamida rostlash.

3- Laboratoriya ishi: O‘tkazgich qarshiligini ampermetr va voltmetr yordamida aniqlash

4- Laboratoriya ishi: O‘tkazgichlarni ketma-ket ulanishi va o‘tkazgichlarning parallel ulanishini o‘rganish.

5- Laboratoriya ishi: Eng oddiy elektromagnit qurilmasini yig‘ish va uning ishlashini sinab ko‘rish.

6- Laboratoriya ishi: O‘zgarmas tok elektr dvigatelini i o‘rgannsh.

7- Laboratoriya ishi: Transformatorning tuzilishini va ishlashini o‘rganish.

8- Laboratoriya ishi: Yarim o‘tkazgichli diod yordamida tokni to‘g‘rilash.

9-sinf

1- Laboratoriya ishi: Suyuqlikning sirt tarangligini aniqlash.

2- Laboratoriya ishi: Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash.

3- Laboratoriya ishi: Turli temperaturali suvlarni aralashtirganda issiqlik miqdorini taqqoslash.

4- Laboratoriya ishi: Shishaning nur sindirish ko‘rsatgichini aniqlash.

5- Laboratoriya ishi: Yorug‘lik dispersiyasini o‘rganish.

6- Laboratoriya ishi: Linza yordamida tasvir hosil qilish

7- Laboratoriya ishi: Fotoelementlar yordamida fototokning hosil bo‘lishini kuzatish.

WordPress Themes